Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli elektr kabellarida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 23 iyun kuni soat 13:24 da Yunusobod tumanidagi Yangi Yunusobod ko‘chasida elektr simlari yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv texnikalari voqea joyiga jalb etilgan. Soat 13:37 da manzilga yetib borgan mutaxassislar yuqori kuchlanishli elektr kabellarida qisqa tutashuv yuz berganini aniqlagan.
Hodisa oqibatida bir tup daraxt zararlangan.
Qayd etilishicha, voqea joyida jabrlanganlar yo‘q.






