AsosiyJamiyat

Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar 2 mlrd so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi

Shuningdek, 2026 yildan boshlab eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga qator imtiyozlar beriladi.

'Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar 2 mlrd so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi'ning rasmi

2026 yildan "Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" nominatsiyasi g‘oliblari uchun qator rag‘batlantirish choralari amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra:

— Tashabbusli byudjetda ketma-ket 2 marta g‘olib bo‘lgan mahallalar uchun keyingi 2 mavsumda loyiha kirishda cheklov qo‘llanmaydi;

— Mahalla aholisi loyiha qiyomatining 25%ini moliyalashtirsa, loyiha g‘olib deb topiladi va qolgan 75% Davlat byudjetidan qoplanadi;

— Belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan mahallalarga Davlat byudjetidan 2 mlrd so‘mdan ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar