AsosiyJamiyat

Toshkent havosida mayda zarrachalar me’yordan oshib ketmadi

Ma'lumotlariga ko'ra, poytaxt atmosferasi barqaror holatda.

'Toshkent havosida mayda zarrachalar me’yordan oshib ketmadi'ning rasmi

2025 yil 8 dekabr kuni soat 09:00 da olingan monitoring natijalari Toshkent shahri havosida PM10 va PM2.5 mayda zarrachalari darajasi belgilangan me'yorlardan oshmaganligini ko'rsatdi. Bu haqda avtomatik monitoring stansiyalari ma'lumotlariga tayanib xabar qilindi.

Hisobotga ko'ra:

— PM10 darajasi — 62 mkg/m³, ruxsat etilgan me'yor (300 mkg/m³)dan ancha past.

— PM2.5 darajasi — 48 mkg/m³, sanitariya me'yori (60 mkg/m³)dan oshmagan.

Ma'lumot uchun, mayda zarrachalar miqdori SanQvaN 0053-23 sanitariya me'yorlari asosida baholanadi.

Monitoringga ko'ra, ayni vaqtda Toshkent atmosferasida mayda zarrachalar bo'yicha me'yordan ortiq ifloslanish holati aniqdanmadi.

    Boshqa yangiliklar