Sudandagi Al-Fashir shahrida sodir bo‘lgan voqealar natijasida uch hafta ichida kamida 60 ming kishi halok bo‘ldi, 150 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
“Bu hudud qassobxonani eslatadi”, — deydi Yel universiteti Gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasi direktori Nataniyel Raymond. Uning jamoasi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida vaziyatni tahlil qilmoqda.
Manzaralar dahshatli: bozorlar bo‘shab qolgan, mol-mulk yo‘qolgan. Oldin 1,5 million aholi yashagan shahar endi deyarli vayronaga aylangan. Huquq himoyachilari bu voqeani Sudandagi fuqarolar urushidagi eng dahshatli harbiy jinoyat deb atamoqda.
Sudandagi janglar va etnik tozalashlar oqibatida so‘nggi 32 oy ichida 400 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, 13 million kishi esa qochqin bo‘lgan. Voqealar aholining hayotiga jiddiy tahdid solmoqda va xalqaro hamjamiyat e‘tiborini jalb qilmoqda.






