O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘mni tashkil etdi. Yevro 12,86 so‘mga ko‘tarilib, 13 987,31 so‘m etdi. Shu bilan birga, rubl 1,27 so‘mga arzonlashib 156,68 so‘mga tushdi, yuan esa 3,1 so‘mga qimmatlashib 1699,18 so‘m bo‘ldi.
Qimmatli metalllar bozorida ham o‘sish kuzatilmogda — oltinning 1 grammi 2 100 so‘mga oshdi va 1 659 200 so‘mni tashkil qildi.
"TradingView" ma’lumotlariga ko‘ra, 9 dekabr soat 16:00 holatida bitcoin narxi 10 984 545 so‘mga tushgan, umumiy qiymati esa 1 mlrd 83 mln 330 ming 765 so‘m etib qayd etilgan.






