Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, 2000 yildan 2025 yilgacha kishi boshiga real YaIM eng katta o'sishni Osiyo iqtisodiyotlari qayd etdi.
Xitoyda usbu ko'rsatkich 4 050 dollardan 25 035 dollarga, ya'ni 518 foizga oshdi.
Vyetnam 266 foiz, Bangladesh 208 foiz va Hindiston 235 foiz o'sishga erishdi.
Rossiya esa 14-o'rinni egallab, kishi boshiga YaIM 109 foizga o'sdi. Ammo BAAda aholi sonining tez o'sishi sababli kishi boshiga YaIM pasaygan — 99 ming dollardan 72 386 dollarga tushgan.
Xalqaro ekspertizalar shuni ta'kidlamoqdaki, Osiyo iqtisodiyoti XXI asrda jahon savdo va rivojlanish dinamikasida asosiy rol o'ynab kelmoqda.






