AsosiyJamiyat

Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Rossiyada ekstremizm va terrorizmga aloqador deb topilgan shaxslarning moliyaviy operatsiyalari keskin cheklanadi.

'Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqador shaxslarning pul mablag‘lari va mol-mulkidan foydalanishini cheklovchi yangi qonunni imzoladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Yangi qonunga ko‘ra, ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar faqat o‘z ehtiyojlari hamda daromad manbayiga ega bo‘lmagan oila a’zolarini ta’minlash uchun cheklangan miqdorda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Bunday xarajatlar qatoriga ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar kiradi.

Hukumat Markaziy bank bilan kelishilgan holda, oila a’zolarining har biri uchun oyiga 10 ming rubl miqdorida limit belgilagan. Barcha operatsiyalar Rosfinmonitoring bilan oldindan kelishilishi shart.

Shuningdek, gumonlanuvchi yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarning mablag‘lari Rosfinmonitoring saytida ular haqida ma’lumot e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida to‘liq muzlatilishi nazarda tutilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarida qayd etilgan shaxslarga nisbatan esa moliyaviy cheklovlar oldindan ogohlantirmasdan qo‘llaniladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent postlaridagi turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklamaydi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:39

    Toshkent postlaridagi turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklamaydi.

    "Poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin bo‘ladi", degan xabar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:13

    'Shaharning barcha ko'chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:17

    Shaharning barcha ko'chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak — Prezident

    Yomg‘ir suvini yig‘adigan 17 ta inshoot barpo qilinadi. Bu suvlar daraxt va yashil hududlarni sug‘orishga ishlatiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:39

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:28