Forbesning 2025-yilgi reytingida birinchi o‘rinni Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Evropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard hamda Yaponiya tarixidagi ilk ayol bosh vazir Sanae Takaychi joy oldi.
Shuningdek, ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni, Meksika prezidenti Kludiya Sheynbaum, General Motors rahbari Meri Barra va AMD bosh direktori Liza Su kabi siyosiy va biznes yetakchilar ham o‘rin oldi.
2025-yil reytingida yangi ishtirokchilar ham bor. Ular orasida OpenAI moliya direktori Sara Friar, tadbirkor Kim Kardashian, Namibiyaning ilk ayol prezidenti Netumbo Nandi-Ndaitva hamda Netflixning mashhur "K-pop jin ovchilari" animatsion loyihasi yaratuvchilari qayd etildi.
Forbes reytingi ayollarning global siyosat, iqtisodiyot va madaniyatdagi ta’sirini baholashda ularning hokimiyat doirasi, moliyaviy qudrati, omma bilan tanilishi va sohadagi roliga asoslanadi.






