AsosiyMadaniyat

Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

“Zalda 2000 nafar bolajon bor edi — ularning ko‘zlaridagi quvonch, hayrat va samimiy kulgini ko‘rib, ko‘nglim to‘lib ketdi. Bolalar multfilmini shunchaki tomosha qilishmadi, go‘yo ichiga kirib ketishdi, qahramonlar bilan birga yashashdi, xursand bo‘lishdi, xavotir olishdi”, — deya yozadi Mirziyoyeva. 

Bundan tashqari, u multfilm premyerasi qanday o‘tganiga to‘xtaldi. 

“Bolani aldab bo‘lmaydi. Ular yolg‘onni ham, haqiqatni ham darrov his qiladi. Agar bola ekrandan ko‘z uzmay o‘tirgan bo‘lsa — demak, ijodkor o‘z ishini chin dildan qilgan. Shu ma’noda, bu multfilm bolalarning qalbidan joy olganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.

O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film — bu birinchi qadam. Lekin eng muhimi — bu qadam tashlandi. Ona sifatida aytaman: bolalarimiz o‘z tilida, o‘z ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishi juda muhim.

Shu sabab Jahongir Ahmedov va butun ijodiy jamoaga chin yurakdan minnatdorlik bildiraman. Bo‘shashmanglar, oldinda yanada katta yutuqlar, yanada chiroyli orzular bor.” deya qayd etadi Prezident Administratsiyasi rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 01.12.2025 14:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 23.11.2025 08:47

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi

    Bu haqda Mirziyoyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.