Andijon viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda YPH xodimlarini haqoratlashga yo‘l qo‘ygan fuqaroning shaxsini aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHHB xabar berdi.
Qo‘lga olingan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib, bundan keyin bunday holat takrorlanmasligiga ishontirgan.
Ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sud yigitni MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.






