AsosiyJamiyat

Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi

Markaziy bank tomonidan oltin va kumushdan tayyorlangan 100 ming so‘mlik maxsus tangalar sotuvga qo‘yildi.

'Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalar muomalaga chiqarilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tangalar 31,1 gramm og‘irlikdagi sof oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 ni tashkil etadi. Har bir tanga o‘zining texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat bilan sotuvga qo‘yiladi.

Tangalar old tomonida Amir Temur portreti, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Sohibqiron haykallari, shuningdek Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlangan. Hoshiyasida esa “Amir Temur tavalludining 690 yilligi” yozuvi hamda 1336–1405 yillar ko‘rsatilgan.

Orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, nominal qiymati — 100 000 so‘m, shuningdek Markaziy bank nomi aks ettirilgan. Pastki qismida tangalar zarb etilgan yil — 2026 yil qayd etilgan.

Shuningdek, ayrim namunalarida “Temur tuzuklari”dan hikmatli so‘zlar keltirilgan bo‘lib, dizaynda Sohibqiron davriga oid ramzlar ham aks ettirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi

    1-sinf o‘quvchilariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan ona ma’muriy javobgarlikka tortildi.

    'Yoʻlda reklama rolik olgan shaxsga chora koʻrildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yoʻlda reklama rolik olgan shaxsga chora koʻrildi

    Marg‘ilondagi holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    'Sindorov Nomzodlar turnirida tarixiy natija qayd etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:18

    Sindorov Nomzodlar turnirida tarixiy natija qayd etdi

    O‘zbekistonlik grossmeyster amaldagi formatda eng ko‘p g‘alaba qozongan shaxmatchiga aylandi.

    'O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

    Mustaqillik yillarida mamlakat aholisi qarib ikki barobarga yaqin oshgani ma'lum qilindi.

    'Samarqandda giyohvandlik savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:59

    Samarqandda giyohvandlik savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

    Ҳолат юзасидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 01:49

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    Bu haqda “O‘zgidromet” e’lon qilgan ob-havo prognozida keltirilgan.