AsosiyJINOYAT

Namanganda qariyb 4 kilogramm gashish olib kelgan ikki nafar shaxs ushlandi.

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

'Namanganda qariyb 4 kilogramm gashish olib kelgan ikki nafar shaxs ushlandi.'ning rasmi

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan qariyb 4 kilogramm gashish musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda "Toshkent — Namangan" yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina Pop tumanidagi "Namangan" YPH maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxsga tegishli sumkadan 3 kilogramm 956 gramm gashish aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruvda ushbu giyohvandlik vositasi yana bir 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan hamshahari bilan til biriktirgan holda qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgani aniqlangan. Mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Afg'onistondan olib kelingan qarib 38 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 17.06.2026 02:47

    Afg'onistondan olib kelingan qarib 38 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi

    Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 16.06.2026 09:34

    Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkent va Samarqand viloyatlarida qariyb 6 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.'ning rasmi

    JINOYAT 16.06.2026 02:32

    Toshkent va Samarqand viloyatlarida qariyb 6 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkent viloyatida IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 15.06.2026 17:26

    Toshkent viloyatida IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi

    Ayni vaqtda Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berganicha yo'q.

    ''ning rasmi

    JINOYAT 15.06.2026 10:20

    'Toshkentga qariyb 1,2 kilogramm gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 15.06.2026 02:44

    Toshkentga qariyb 1,2 kilogramm gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.