O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 38 million 236 ming 704 nafarni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mustaqillik yillarida mamlakat aholisi 17,6 million nafarga yoki 85,6 foizga oshgan.
Yillar kesimidagi ma’lumotlar aholi soni izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi: 1991 yilda 20,6 million bo‘lgan ko‘rsatkich 2000 yilga kelib 24,4 millionga, 2010 yilda 28 millionga, 2020 yilda esa 33,9 millionga yetgan.
So‘nggi yillarda ham o‘sish dinamikasi saqlanib, 2025 yilda 37,5 millionni tashkil etgan aholi soni 2026 yil boshiga kelib 38,2 milliondan oshgan.






