AsosiyJamiyat

Ummonda tashlab ketilgan ikki yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Ummon poytaxti Maskatda hujjatlarsiz qoldirilgan o‘zbekistonlik ikki yoshli bola diplomatik say-harakatlar orqali vatanga olib kelindi.

'Ummonda tashlab ketilgan ikki yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi'ning rasmi

"Dunyo" axborot agentligi ma'lum qilishicha, bola 2023 yilda onasi tomonidan tug'uruqxonadan yashirincha olib chiqilgan va suriyalik oila qaramoq'ida qoldirilgan. Ona nikoh tuzilgani haqida guvohnoma taqdim etmagan sababli chaqaloqqa hech qanday hujjat rasmiylashtirilmagan.

Suriyalik oila ikki yil davomida bolani parvarish qilgan. Suriyada vaziyat barqarorlashgach, ular O'zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, bolani topshirgan. Bolaning tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, u 18 dekabr kuni Maskat—Dubay—Toshkent yo'nalishi orqali O'zbekistonga olib kelingan.

Ma'lum qilinishicha, bolaning onasi 2024 yilda boshqa jinoyatlar uchun hibsga olingan va hozirda jazo muddatini o'tamoqda.

    Boshqa yangiliklar