AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston YAIMi ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi

Taqqoslash uchun, bor-yo‘g‘i to‘qqiz yil avval iqtisodiyot hajmini 100 milliard dollarga yetkazish katta marralardan biri hisoblangan.

'Oʻzbekiston YAIMi ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida 2025 yil mamlakat uchun muhim iqtisodiy yutuqlar bilan yakunlangani taʼkidladi.

Davlat rahbariga koʻra, jahon bozorlarida beqarorlik kuchaygan, ishlab chiqarish va logistika zanjirlari uzilgan sharoitda ham Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror oʻsishni saqlab qoldi. Bu natijalar xalqaro hamjamiyat va nufuzli tashkilotlar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

Qayd etilishicha, 2025 yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti tarixda ilk bor 145 milliard dollardan oshdi. Taqqoslash uchun, bor-yoʻgʻi toʻqqiz yil avval iqtisodiyot hajmini 100 milliard dollarga yetkazish katta marralardan biri hisoblangan.

Shuningdek, eksport hajmi 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarni tashkil etdi (oltinsiz — 23,5 milliard dollar). Oltin-valyuta zaxiralari esa ilk bor 60 milliard dollardan oshib, mamlakat islohotlari uchun mustahkam moliyaviy tayanchga aylandi.

    Boshqa yangiliklar