AsosiySiyosat

Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor

Homs shahridagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

'Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor'ning rasmi

26 dekabr kuni juma namozi vaqtida Suriyaning Homs shahrida joylashgan Imom Ali ibn Abu Tolib masjidida portlash yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Al Mayadeen” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozircha hujum uchun biror guruh rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda portlash ortida “Ansor as-Sunna” guruhi turgani aytilmoqda. Hodsadan so‘ng Suriya xavfsizlik kuchlari voqea joyini qurshab olgan, jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Faollar ushbu guruh avvalroq aleviylar ko‘pchilikni tashkil etgan hududlarga, jumladan Homs, Tartus va Latakiya shaharlariga hujum qilish bilan bir necha bor tahdid qilganini qayd etmoqda. Portlash sodir bo‘lgan Vadi ad-Dahab tumani Homsdagi yirik mavzearlardan biri bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda u yerda bir qator zoravonlik holatlari kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar