AsosiyDunyo

Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi

Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

'Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

Bu haqda voqea joyidan Tailand davlat telekanali Thai PBS xabar berdi. Tailand Mudofaa vaziri Natthaphon Nakphanit va Kambodja Mudofaa vaziri Tea Seiha 27 dekabrdan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta joriy etilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi.

Tailand va Kambodja chegarasida og‘ir harbiy texnika, artilleriya va aviatsiya qo‘llangan qurolli to‘qnashuvlar 7 dekabr kuni qayta boshlangan edi. Tailand Qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 22 dekabr holatiga 22 nafar harbiy halok bo‘lgan, 120 dan ortiq kishi yaralangan. Kambodja rasmiylari esa 30 nafar tinch aholi vafot etgani va 87 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Chegara hududlarida har ikki tomondan 400 mingdan ortiq odam uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar