AsosiyJamiyat

Ichimlik suvi narxi oshirilishi mumkin

Suv tannarxi bilan amaldagi tariflar o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda, bu esa tizimni moliyaviy bosim ostida qoldirmoqda.

'Ichimlik suvi narxi oshirilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflari qonunchilikka muvofiq ravishda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Mutaxassislar bu jarayon xizmat sifat va tizim barqarorligini ta’minlash uchun zarur ekanini ta’kidlamoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, tarif takliflari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi va hududiy kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Tariflar elekt energiyasi, ish haqi, ta’mirlash, reagentlar, infratuzilma va soliq xarajatlarini inobatga olgan holda shakllanadi.

So‘nggi yillarda elekt energiyasi narxining keskin oshishi va suvni uzoq masofalarga etkazish xarajatlari ortishi natijasida tannarx bilan tarif o‘rtasida katta tafovut yuzaga kelgan. Hozirda 1 kub metr suv tannarxida ish haqi va elekt energiyasi asosiy ulushni tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1 litr ichimlik suvi o‘rtacha 3,3 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Bu do‘konlarda sotilayotgan qadoqlangan suvga nisbatan ancha arzon. Shu bilan birga, O‘zbekistonda suv tariflari jahon miqyosida eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar