AsosiyJamiyat

Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi

Yangi yil arafasida metro uzaytirilgan rejimda ishlaydi, avtoturargohlar esa bir necha kun bepul bo‘ladi.

'Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi'ning rasmi

Yangi yil bayramlari munosabati bilan Toshkent metropoliteni va shahar avtoturargohlarining ish tartibida vaqtincha o‘zgarishlar joriy etiladi.

Ma’lum qilinishicha, 31 dekabr kuni metro poezdlari soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha uzluksiz harakatlanadi. Bayram kunlari metro 31 dekabr va 2 yanvar kunlari shanba jadvali, 1 yanvar kuni esa yakshanba jadvali asosida ishlaydi. 5 yanvardan poezdlar odatdagi ish kunlari jadvaliga qaytadi.

Shuningdek, Yangi yil bayramlari sababli Toshkent shahridagi Poytaxt Parking avtoturargohlari 31 dekabrdan 4 yanvargacha bepul bo‘lishi ma’lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar