AsosiyJamiyat

Zelenskiy Trump bilan muzokaralar yakunlarini ochiqladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Floridada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xavfsizlik kafolatlari, Ukrainani tiklash va keyingi siyosiy qadamlar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi.

'Zelenskiy Trump bilan muzokaralar yakunlarini ochiqladi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 29 dekabr kuni Floridada AQSh prezidenti Donald Trump bilan o‘tgan muzokaralar natijalarini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlarini qo‘llab-quvvatlagan va bu masalalar AQSh Kongressida ovozga qo‘yilishi kutilmog‘da.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, tomonlar urushdan keyin Ukrainani iqtisodiy tiklash choralarini ham muhokama qilgan. Xususan, AQSh biznesi uchun Ukrainada maxsus shartlar yaratish va ikki davlat o‘rtasida erkin savdo kelishuvini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Shuningdek, prezidentlar 15 yillik xavfsizlik kafotatlari bo‘yicha kelishuvga erishgan, uni uzaytirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmog‘da. Zelenskiy bu muddatni 30–50 yilgacha kengaytirish taklifini bildirgan.

Muzokaralarda keyingi qadamlar ham belgilab olingan. Yaqin kunlarda AQSh va Yevropa davlatlari milliy xavfsizlik maslahatchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmog‘da. Zelenskiyning aytishicha, tinchlik rejasini tasdiqlash uchun Ukrainada referendum o‘tkazish zarur, ammo buning uchun 60 kunlik sulh talab etiladi. U Rossiya hozircha bu taklifga rozi emasligini qayd etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.

    'Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:20

    Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi

    “Uzbekistan Airways” Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilishini ma’lum qildi.

    'AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda

    AQShning yuqori martabali amaldorlari Eron oliy rahbari Ali Xomaney o‘ldirilgan taqdirda ham bu darhol rejim almashishiga olib kelishiga ishonmayapti.