AsosiyJamiyat

Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.

Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma'lum qildi.

'Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.'ning rasmi

Fuqarolardan biri sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli, ikkinchisi esa moliyaviy qiyinchilik va hujjatlarini yo‘qotgani bois O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, Namanganlik fuqaro insult tashxisi bilan Polsha tibbiyot muassasasida davolangan va shifokorlar tavsiyasiga muvofiq parvozga ruxsat berilgungacha zarur tibbiy yordam olgan. Qashqadaryolik fuqaroning esa qaytish hujjatlari rasmiylashtirib berilgan.

Fuqarolar Varshava–Riga yo‘nalishida maxsus transportda, Riga–Toshkent yo‘nalishida esa aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarilgan. Tranzit uchun Latviyaga kirish ruxsatnomalari rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar