The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, AQSh razvedka idoralari, jumladan Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Rossiya tomoni ilgari surgan ayblovlar bo‘yicha hech qanday ishonchli dalil topmagan. Nashr ta’kidlashicha, Kreml 29 dekabrdan beri Ukraina tomonidan go‘yoki Putin qargohiga dronlar bilan hujum uyushtirilganini iddao qilib kelmoqda, biroq bu da’volarni tasdiqlovchi materiallar taqdim etilmagan.
29 dekabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Valdaydagi qargohga 91 ta dron bilan hujum qilganini aytgan edi. Ushbu bayonot ortidan bir qator davlatlar Ukraina harakatlarini qoralagan, ammo oradan bir necha kun o‘tishiga qaramay, Rossiya tomoni hujum haqiqatan sodir bo‘lganiga oid dalillarni ochiqlamadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa mazkur ayblovlarni “Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni” deb atab, Moskva ularni Kiyevga yangi zarbalar berish uchun bahona sifatida ishlatmoqchi bo‘layotganini bildirgan.






