AsosiyJamiyat

Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1100 nafarga yaqin chaqaloq tug‘ildi

1 yanvar kuni Oʻzbekistonda 1094 nafar chaqaloq dunyoga kelgan boʻlib, eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida qayd etildi.

'Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1100 nafarga yaqin chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2026 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamakat bo‘ylab jami 1094 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Ularning 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz bolalardir.

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida — 138 nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo viloyati (135 nafar), Samarqand viloyati (125 nafar), Qashqadaryo viloyati (121 nafar) va Namangan viloyati (110 nafar) qayd etildi. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, u yerda 19 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Qayd etilishicha, tug‘ilganlar orasida 17 ta egizak holati mavjud bo‘lib, jami 37 nafar bola egizak sifatida tug‘ilgan. Ulardan 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik, 4 nafari esa to‘rt homilalik egizaklardir.

    Boshqa yangiliklar