Kuchishlatar tuzilmalar vakillari sababsiz ravishda kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarni ayovsiz kaltaklagan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro bosh sohasidan og‘ir jarohat olib, komaga tushgan. Shuningdek, ularning qo‘l-oyoqlari sindirilgani aytilmoqda. Komaga tushganlardan biri bir necha kun o‘tib vafot etgan. Yana bir o‘zbekistonlik esa hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda.
Aytilishicha, marhum Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozircha uning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan emas.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy izohi kutilyotgani bildirilmoqda.






