AsosiyJamiyat

Qo‘qonda Yangi yil arafasida mushakbozlik uyushtirgan shaxslar qamaldi.

Sud qarorigacha, ushbu shaxslarning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

'Qo‘qonda Yangi yil arafasida mushakbozlik uyushtirgan shaxslar qamaldi.'ning rasmi

Joriy yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida qo‘lbola pirotexnika vositalaridan foydalanib, mushakbozlik uyushtirgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31 dekabr kuni soat 23:55 da Qo‘qon shahri A. Charchiy ko‘chasida shu yerda yashovchi fuqarolar Yangi yil bayramini nishonlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqib, mushakbozlik uyushtirishga uringan. Taxminan 10–15 nafar shaxs tomonidan O‘zbekiston tumanining Ohunqaynar qishlog‘ida qo‘lbola usulda tayyorlangan pirotexnika vositalari otilgan.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 185¹-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan.

Huquqbuzarlardan biri tushuntirishida, "raketaqa o‘xshash maket yasalgani, "korobka" usti rangli skoch bilan o‘rab chiqilgani, ichiga esa kichik hajmdagi pirotexnika joylashtirilib, otilgani"ni ma’lum qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, ushbu shaxslarning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida 1 yanvarga o‘tar kechasi omma tartibsizliklari yuz bergani va avtomobil yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur xabarlarni rad etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bustonlikda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llar bir tomonlama qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Bustonlikda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llar bir tomonlama qilindi.

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Amirsoy, Chimyon va Beldersoy dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘llarda harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi.

    'Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:55

    Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

    Poytaxtning Shimoliy vokzali hududida yarosti o‘tish joyida qizning telefonini zo‘rlik bilan tortib olgan shaxs tezkor tadbirlar natijasida ushlandi.

    'Saida Mirziyoyeva Kirill Altman bilan bo‘lgan intervyusi haqida fikr bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    Saida Mirziyoyeva Kirill Altman bilan bo‘lgan intervyusi haqida fikr bildirdi

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva blogger va jurnalist Kirill Alt‘man bilan bo‘lib o‘tgan intervyusi yuzasidan munosabat bildirdi.

    'Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:10

    Россияда Ўзбекистон фуқароси ўлдирилгани юзасидан маълумот берилди

    Federatsiyaning Xabarovsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosining vafoti bilan bogʻliq holat Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

    'Швейцарияда юз берган ёнғинда ўзбекистонликлар ҳам ҳалок бўлганми?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:16

    Швейцарияда юз берган ёнғинда ўзбекистонликлар ҳам ҳалок бўлганми?

    Швейцариянинг Кран-Монтана шаҳрида содир бўлган ва ўнлаб инсонлар ҳалок бўлишига сабаб бўлган ёнғин фожиаси муносабати билан Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги баёнот берди.

    '1 yanvardan tibbiyotchilar maoshi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.01.2026 15:34

    1 yanvardan tibbiyotchilar maoshi oshdi

    Hush, kimlar qancha oladi?