Kecha, 1 yanvar kuni Prezident administratsiyasi rahbarining ilk katta intervyusi Kirill Altmanning YouTube'dagi "AlterEgo" sahifasida e'lon qilingan edi. Bugun, 2 yanvar kuni Saida Mirziyoyeva usbu suhbat haqida o'z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.
Uning qayd etishicha, intervyu mazmunli va ochiq ruhda o'tgan. Suhbat davomida Mirziyoyeva shaxsiy hayoti, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga doir dolzarb hamda jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga javob bergan.
"Ishonamanki, bunday uchrashuvlar ommaviy axborot vositalari bilan ochiq va samarali muloqot madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi", — deya yozgan Prezident administratsiyasi rahbari.






