AsosiyDunyo

Мадуро ҳибсга олинди — Дональд Трамп

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.

'Мадуро ҳибсга олинди — Дональд Трамп'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Venesuela prezidenti Nicolas Maduro qo‘lga olingani va rafiqasi bilan birga mamlakat hududidan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

Tegishli bayonot Trump tomonidan Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

AQSh prezidenti yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuela hududida to‘liq miqyosdagi harbiy va maxsus operatsiyani amalga oshirgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur operatsiya natijasida Nicolas Maduro va uning rafiqasi hibsga olinib, Venesueladan tashqariga olib chiqilgan.

Bu bayonot Venesuelaga qarshi zarbalar boshlangandan beri AQSh prezidentning ilk rasmiy izohi hisoblanadi.

Avvalroq The New York Times nashri Maduroning qayerdaligi noma’lum ekani haqida xabar bergan edi.

Donald Trumpning bildirishicha, operatsiya AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Shuningdek, u Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 17:00 da Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nega AQSH Maduroni tanladi, Kim Chen Inni emas?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:10

    Nega AQSH Maduroni tanladi, Kim Chen Inni emas?

    Venesuela va Shimoliy Koreyaga nisbatan AQSh siyosatining farqli boʻlishi geosiyosiy va iqtisodiy omillar bilan izohlanishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 15:52

    'Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi'ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 14:19

    Nyu-Yorkning yangi meri ishini Isroilga oid farmonlarni bekor qilishdan boshladi

    Mamda korrupsiya ayblovlaridan so‘ng sobiq mer Adams tomonidan chiqarilgan barcha farmonlarni bekor qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 12:16

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 10:47

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.01.2026 07:14