AsosiyJamiyat

Toshkentdagi sexda yong‘in chiqdi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan ip egirish sexida yong‘in yuzaga keldi.

'Toshkentdagi sexda yong‘in chiqdi'ning rasmi

3 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan ip egirish sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:01 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasida joylashgan ip egirish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar soat 22:04 da hodisa joyiga etib borib, yong‘in soat 22:39 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, aytilgan manzilda tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi, moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar