Niger shtatining Borgu mahalliy hukumat hududida joylashgan Kasuwan-Daji qishlog‘iga bostirib kirgan qurollangan shaxslar aholiga qarata o‘t ochdi.
Hujum chog‘ida mahalliy bozor hamda bir nechta uylar vayron qilingan. Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni kamida 30 nafarni tashkil etadi, biroq mahalliy aholi qurbonlar bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.
Guvohlarning aytishicha, yakshanba kuni bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, o‘g‘irlab ketilganlar orasida bolalar ham bor. Hududda xavfsizlik kuchlari kechikib yetib kelgani haqida ham e‘tirozlar bildirilmoqda.
Mahalliy katolik cherkovi vakili hujum uch soatga yaqin davom etganini va qurbonlar soni 40 nafardan oshganini ma’lum qilgan.






