AsosiyDunyo

Trump: AQShga Grenlandiya ustidan nazorat mudofaa uchun zarur

AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiya ustidan nazorat Qoʻshma Shtatlar milliy xavfsizligi va mudofaa manfaatlari uchun juda muhim ekanini bildirdi.

'Trump: AQShga Grenlandiya ustidan nazorat mudofaa uchun zarur'ning rasmi

Donald Trump "The Atlantic" jurnaliga bergan intervyusida AQShga Grenlandiya ustidan nazorat mudofaa maqsadlarida zarurligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, orol strategik ahamiyatga ega bo‘lib, global xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.

Intervyu davomida Trump Venesuelada hokimiyat almashinuvi ehtimolini ham istisno etmadi hamda AQSh G‘arbiy yarimsharda o‘z ta'sirini saqlab qolishi kerakligini qayd etdi. Shuningdek, u AQSh davlat kotibi Marko Rubio bayonotlariga izoh berib, Grenlandiya masalasi harbiy harakatlar bilan qanday bog‘liq ekanini boshqalar baholashi kerakligini aytdi.

Trump avval ham bir necha bor Grenlandiya AQSh uchun "milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur" ekanini bildirgan. Bu bayonotlar Daniya va Grenlandiya rasmiylari tomonidan keskin tanqid qilingan.

    Boshqa yangiliklar