Trump 4 yanvar kuni Air Force One samolyotida jurnalistlarga so‘zlab, "Kolumbiya ham juda og‘ir ahvolda, uni kokain ishlab chiqarishni yoqtiruvchi kasal odam boshqaryapti va u bu ish bilan uzoq shug‘ullana olmaydi" dedi. Uning fikriga ko‘ra, AQSh atrofda hayotga layoqatli va muvaffaqiyatli davlatlarni rivojlantirishi va neft manbalarini ta’minlashi kerak.
Shu bilan birga Trump Kolumbiyaga nisbatan harbiy operatsiya ehtimolini istisno etmadi, ammo "Yomon eshitilmaydi" deb ta’kidladi.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Trumpning ayblovlarini ijtimoiy tarmoqda rad etdi va o‘zini narkotik savdosi bilan bog‘lashga urinishni "tuhmat" deb atadi. Petro so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiyada sud hokimiyati mustaqil va uni nazorat qiladi.
Bu bayonotlar Venesuelada AQShning amalga oshirgan keng ko‘lamli harbiy operatsiyasi va Nikolas Maduro hamda rafiqasining qo‘lga olinishi ortidan sodir bo‘lmogda.






