AsosiyJamiyat

Россия-Украина урушида қатнашган ўзбекистонлик Бухорода 3,5 йилга қамалди

Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma asosida Ukrainada harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan Buxoro fuqarosi Sh.I. O‘zbekistonda 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

'Россия-Украина урушида қатнашган ўзбекистонлик Бухорода 3,5 йилга қамалди'ning rasmi

Sud hujjatlariga ko‘ra, Sh.I. 2014 yildan Rossiyada yashab, 2023 yilda fuqarolik va harbiy guvohnoma olgan. 2025 yil may oyida u Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan va jangovar harakatlar zonasiga yuborilgan. Iyun oyida raketa zarbasi natijasida jarohatlangan va oktabrda O‘zbekistonga qaytgan.

Sud tekshiruvida mobil telefonidan harbiy kiyimdagi fotosuratlar va jangovar harakatlarda ishtirok etganini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar topilgan. Sh.I. Rossiyada jinoyiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib shartnoma imzolaganini iqror bo‘lgan.

Sud uni JKning 154 va 154-1 moddalari bilan aybdor deb topib, umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tash sharti bilan 3 yil 6 oyga qamashga qaror qilgan.

    Boshqa yangiliklar