AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda 210 ta medal qo‘lga kiritdi

2025 yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natija qayd etib, 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

'O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda 210 ta medal qo‘lga kiritdi'ning rasmi

Maqtabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 2025 yil davomida O'zbekiston terma jamoalari 29 ta xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etib, jami 210 ta medalni yutib oldi.

Jumladan, BAAda bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida 2 ta oltin, Boliviyadagi Xalqaro informatika olimpiadasida esa O'zbekiston tarixida ilk bor kumush medal qo'lga kiritildi.

Shuningdek, o'quvchi qizlar ilk bor Europa qizlar matematika olimpiadasida qatnashib, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo'ldi.

Toshkentda o'tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi matematika va informatika olimpiadasida 50 ta, Abu Rayhon Beruniy nomidagi kimyo olimpiadasida esa 19 ta medal yutib olindi.

Eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda o'zbekistonlik o'quvchilar jami 13 ta medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, mintaqaviy olimpiadalarda bu ko'rsatkich 138 taga yetdi.

Avvalroq, olimpiada g'oliblari va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan 12,4 milliard so'm ajratilgani ma'lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar