AsosiyJamiyat

Humans ilovasi bilan bog‘liq pul yechib olish holati IIVB tomonidan o‘rganilmokda

Humans МЧЖ ва “Octagram” АЖ билан боғлиқ ҳолат бўйича ишчи гуруҳ текширув ўтказди.

'Humans ilovasi bilan bog‘liq pul yechib olish holati IIVB tomonidan o‘rganilmokda'ning rasmi

2025 yil dekabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvchilarning ruxsatisiz pul mablag‘lari yechib olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Markaziy bank Humans MChJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot taqdim qildi.

Ma’lum qilinishicha, Humans kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan "Octagram" AJ to‘lov tashkilotida Markaziy bankning farmoyishi asosida ishchi guruh tuzilib, tekshiruv olib borilgan. Tekshiruv ma’lumotnomasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun taqdim etilgan.

Humans vakillari pul mablag‘lari 4–8 dekabr kunlari firibgarlar tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan. Kompaniya aybsizligini ta’kidlab, muammo Paylov xizmatining texnik xatosi ortidan yuzaga kelganini bildirgan. Ammo Paylov firibgarlik operatsiyalari Humans tomonidan amalga oshirilganini iddao qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 14 oktyabrda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Humans kompaniyasini bankrot deb topgan va uning faoliyatini to‘xtatmagan holda tugatish jarayonini boshlagan edi.

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bank, Humans bilan bog‘liq holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni so‘ramoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qator Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:43

    Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

    Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 15:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

    Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 14:14

    'Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 13:42

    Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

    Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma'lum muddatga qoldirildi.

    'Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 11:17

    Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi

    2026 йилнинг январ-феврал ойларида Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги маълумотига кўра, наркотикларни ўтказиш ва тарқатиш билан шуғулланувчи 22 та уюшган гуруҳ фаолияти тўхтатилди.