AsosiyJamiyat

Nestlé O‘zbekistonda ayrim bolalar ovqatlarini qaytarib oladi

Nestlé kompaniyasi tez eriydigan sut va aralashmalarda ehtimoliy toksin aniqilanishi sabab, Oʻzbekistondagi ayrim bolalar ovqatlari partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishini eʼlon qildi.

'Nestlé O‘zbekistonda ayrim bolalar ovqatlarini qaytarib oladi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, qaytarib olish amaliyoti ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda. Mahsulotlarda araxidon kislota tarkibida cereulid toksinining ehtimoliy xavfi aniqlandi. Bu organizmga tushganda ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘i kabi belgilarga olib kelishi mumkin.

Qaytarib olish faqat belgilangan partiyalarga taalluqli bo‘lib, O‘zbekistonda taqdim etilgan boshqa bolalar ovqatiga ta'sir qilmaydi. Iste'molchilar mahsulotni Nestlé’ning ijtimoiy tarmoqlari orqali qaytarib berishlari mumkin.

Qaytarib olinadigan partiyalar:

  • NAN 1 OPTIPRO: 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE va boshqalar
  • NAN 2 OPTIPRO: 5172080622, 5206080621, 5298080624 va boshqalar
  • NAN Kislomolochniy (0–12 oy): 51230017A1
  • NAN Supreme (0–12 oy): 52790742C1
  • ALFARÉ Amino: 51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1

Nestlé aholiga mahsulotlarni ko‘rsatilgan tartibda qaytarib berishni so‘ramoqda.

    Boshqa yangiliklar