AsosiyJamiyat

Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi

Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.

'Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

8 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix va GAZ-63 rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, soat 05:00 lar atrofida Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Onix avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz turgan GAZ-63 yuk mashinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida Onix avtomobilining yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazm viloyatida Nexia va Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘lgandi.

    Boshqa yangiliklar