Eronning “Fars” axborot agentligi xabar berishicha, 7 yanvar kuni yuz bergan tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘lib, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Namoyishchilar politsiya xodimlariga tosh va o‘qotar qurol bilan hujum qilgan, bir nechta ma’muriy binolarga, jumladan tuman hokimiyati binosiga zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni ham Eronda norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘lgan va 1200 dan ortiq kishi hibsga olingan edi. Noroziliklarning sababi — Eron riali kursining keskin pasayishi va iqtisodiy qiyinchiliklar.
Hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, internetdagi trafik vaqtincha cheklangan, politsiya esa tartibsizliklarni tashkil qiluvchilarni aniklash va qo‘lga olish bo‘yicha faol harakat olib bormoqda.






