AsosiyJamiyat

Samarqandda ayol tug‘urug‘xona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdimi?

Ushbu hodisa kuzatuv kameralari orqali aniqlandi, holatga aniqlik kiritildi.

'Samarqandda ayol tug‘urug‘xona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdimi?'ning rasmi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘ruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea viloyatning Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Ayolning qilmishi kuzatuv kameralari orqali aniqlandi, holatga aniqlik kiritilgan. Chaqaloq esa o‘lik holda topilgan.

“Zamon.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Samarqand viloyat IIB axborot xizmati bilan ham bog‘landi. IIBga ko‘ra, ayni paytda bu bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tug‘ilgani yoki homila nobud bo‘lib keyin tug‘ilganligi aniqlandanidan so‘ng jinoyat ishi masalasi hal etiladi”— deyiladi habarda.

    Boshqa yangiliklar