Venesuela hukumatı 8 yanvar kuni mahalliy va chet ellik bir qator mahbuslarni, jumladan, tanıqlı muxolifat vakillarini ozod qıldı. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozircha ozod etilgan mahbuslarning aniq soni va to‘lıq ro‘yxati ochıqlanmagan. Ispaniya Tashqı ishlar vazirligi esa ozod qilinganlar orasida besh nafar Ispaniya fuqarosi borligını tasdıqlagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ozod etilganlar qatorida venesuelalik muxolifatçı siyosatçı Juan Pablo Guanipa hamda huquq himoyachisi Rocio San-Migel bor. Shuningdek, ayrim manbalar muxolifat siyosatchisi Edmundo Gonzalesning kuyovi Rafael Tudares ham ozod etilishi mumkinligini yozmoqda. Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, Gonzales Venesueladagi so‘nggi prezidentlik saylovlarında amaldagi Nicolas Maduroni mag‘lub etgan.
AQSh ma’muriyati ham ushbu qarorga munosabat bildirdi. Oq uyning xalqaro masalalar bo‘yicha matbuot kotibi Anna Kellingining aytishicha, siyosiy mahbuslarning ozod etilishi prezidentning Amerika va Venesuela xalqları manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilingan qaroridir.
Ma’lumot uchun, Foro Penal inson huquqları tashkilotiga ko‘ra, hozirda Venesuelada 800 ga yaqin siyosiy mahbus qamoqda saqlanmoqda. Ularning katta qismi 2024 yılda Nicolas Maduroning qayta saylanishiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida hibsga olingan. Xalqaro tashkilotlar Venesuela kuch ishlatish organlarini inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzishda ayblab kelmoqda.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va muxolifat yetakchisi Maria Corina Machado esa siyosiy mahbuslarning ozod etilishini olqishladı.






