AsosiyJamiyat

Buxoroda Telegram’da rahbar nomidan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.

U o‘zini viloyatdagi nufuzli tashkilot rahbari sifatida tanishtirib, “xizmat topshirig‘i” bahonasida pul so‘ragan.

'Buxoroda Telegram’da rahbar nomidan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.'ning rasmi

Buxoro viloyatida noma’lum shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘ida viloyatdagi nufuzli tashkilot rahbari nomidan soxta akkaunt ochib, firibgarlik qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ishonch uyg‘otish maqsadida sahifaga mansabdor shaxsga tegishli suratlarni joylashtirib, o‘zini yuqori lavozimli rahbar sifatida ko‘rsatgan. Song viloyatda faoliyat yuritayotgan bir qator korxona va tashkilot rahbarlariga “xizmat topshirig‘i” mazmunida xabarlar yuborgan.

U turli bahonalar bilan topshiriqni o‘zi kelib bajara olmasligini bildirib, masalani tez hal qilish uchun pul mablag‘larini plastik karta orqali o‘tkazib berishni so‘ragan. Natijada tashkilot rahbarlaridan biri uning gaplariga ishonib, bank kartasiga 8 million so‘m pul o‘tkazgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushu jinoyatni 1980 yilda Olot tumanida tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan, hozirda ishsiz va Kogon tumanida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlandi.

Hozirda uning boshqa shunga o‘xshash jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmogda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmogda.

    Boshqa yangiliklar