Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar 5,5 yillik shartnoma imzolagan. 26 yoshli futbolchi "shaharliklar" safida 42-raqam ostida harakat qiladi. Transfer qiymati 75 million yevroga baholangan.
Ma'lum qilinishicha, ganalik futbolchi "Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan tushgan takliflarni rad etib, aynan "Manchester Siti"ni tanlagan. Uning qaror qabul qilishida jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola qo'l ostida to'p surish istagi muhim omil bo'lgan.
Qayd etilishicha, Semeno joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 19 ta o'yinda 9 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.






