AsosiyDunyo

AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik pul toʻlovlari amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi

Bu orqali ular orol aholisini Daniyadan ajralib chiqishga va AQShga qoʻshilishga ishontirishni koʻzlamoqda.

'AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik pul toʻlovlari amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi'ning rasmi

Reuters xabariga ko‘ra, hozircha to‘lovlar miqdori va ularni amalga oshirish mexanizmi aniq belgilanganmagan. Biroq Oq uy va boshqa rasmiy doirada har bir kishi uchun 10 ming dollardan 100 ming dollargacha bo‘lgan bir martalik to‘lovlar muhokama qilingan. Bu taklif AQSh tomonidan Grenlandiyani Daniyadan ajratib olish stsenariysi doiradasida ko‘rib chiqilmoqda.

Kopengagen va Nuuk rasmiylari esa Grenlandiya sotuvga qo‘yilmasligini bir necha bor ta’kidlab kelmoqda. Shu bilan birga, mustaqillik va Daniyaga qaramlik masalasi yillar davomida muhokama qilinib kelayotgan Grenlandiya jamiyati uchun mazkur taklif tahqirlovchi tusda qabul qilinishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Ma’lumki, Kopengagen va qator Yevropa davlatlari yetakchilari AQSh prezidenti Donald Tramp va Oq uy rasmiylarining Grenlandiyaga oid bayonotlariga salbiy munosabat bildirgan. Xususan, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Daniya qo‘shma bayonot bilan chiqib, Grenlandiya masalasi faqat Daniya va orolning o‘zi o‘rtasida hal qilinishi

    Boshqa yangiliklar