AsosiyJamiyat

Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIV xabar berdi.

'Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi.'ning rasmi

Samarqandda Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

2004 yilda tug‘ilgan shaxs 30 dekabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi o‘ziga tegishli profil orqali kanallardan birining izohlar qismida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumotni joylashtirgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar natijasida uning harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184³-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda materiallar sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudining 2026 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq, mazkur shaxsning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184³-moddasida milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish huquqbuzarligi belgilangan.

Mazkur moddani buzgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi: ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va sud qaroriga ko‘ra ma’muriy qamoq jazosi, jarima yoki boshqa kodeksda nazarda tutilgan chora qo‘llanadi.

    Boshqa yangiliklar