15 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jahon miqyosidagi keskin geosiyosiy vaziyat sharoitida tashqi siyosatni yangicha yondashuv asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari elchi endi faqat siyosiy mulogot yurituvchi emas, balki investitsiya, texnologiya, eksport, turizm va qonuniy mehnat migratsiyasini kengaytirishga mas’ul shaxs bo‘lishi lozimligini qayd etdi. Shu bois elchilar faoliyati eksport tushumlari, investorlar va turistlar oqimi kabi aniq mezonlar orqali baholanadi.
Yig‘ilishda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish, yangi eksport bozorlarini ochish, Afrika davlatlari bilan savdo aloqalarini kengaytirish, xalqaro grantlarni faol jalb qilish hamda fuqarolar huquqlarini xorijda himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Tashqi siyosat faoliyati kontseptsiyasini yangilash, diplomat kadrlarni qayta tayyorlash va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” faxriy






