AsosiyJamiyat

Andijonda uka o‘z akasini bolta bilan o‘ldirdi

Sud ukaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini bekor qildi. Chunki…

'Andijonda uka o‘z akasini bolta bilan o‘ldirdi'ning rasmi

Ma’lum bo‘lishicha, qotillikka qo‘l urgan shaxs 2020 yilda bosh miya qon tomiri kasalligi bilan og‘rigan va viloyat psixonevrologiya dispanserining hisobiga olingan. Shundan so‘ng, u yerda statsionar tartibda davolanib, akasi va yangasi bilan bir uyda yashab kelgan.

Sud hujjatiga ko‘ra, aka va uning xotini ukasiga ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish haqida aytgan. Sudlanuvchi A.B. bundan nafratlanib, ularni o‘ldirish payiga tushgan.

Mudhish voqea 2025 yil 18 oktyabr kuni Andijon shahri "Cholpon yuz yilligi" MFYda yuz bergan. Uka hovlida turgan boltaning kesuvchi qismi bilan akasining boshiga zarba berib, o‘limiga sababchi bo‘lgan. So‘ngra, u uyda yashirinib olgan yangasini o‘ldirish uchun eshik oynasini sindirgan va o‘sha paytda bolta sopidan chiqib ketgan. Shundan keyin uka bolg‘a bilan uyga kirib, yangasining boshiga bir necha marta urgan. Ayol xonadan tashqariga chiqib, atrofdan yordam so‘ragan. Qo‘shni ayol yordamga kelib, A.B.ning qo‘lidagi bolg‘ani olib qo‘yishga erishgan. 

Sudga oid psixiatriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi A.B. jinoyat sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan. Shuningdek, xulosada to‘g‘ri ko‘rsatuv berish, guvohlantirish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodir emas deb topilib, Respublika kuzatuvchi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish tavsiya etilgan. 

Sudda marhumning o‘g‘li M.B. ko‘rsatma berib, amakisi 2006 yildan buyon ruhiy kasallik bilan og‘rib kelishini bilishini, sudlanuvchiga qonuniy javobgarlik belgilashni, moddiy yoki ma’naviy zararlar bo‘yicha da’vosi yo‘qligini bildirgan.   

JIB Andijon shahar sudining 18 dekabrdagi ajrimi bilan, sudlanuvchi A.B. jinoyatni aqli noraso holatda sodir etgan deb topilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi. Shuningdek, A.B.ning Respublika kuzatuvchi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy tartibda davolanishi belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:18

    '"Taxtaqoracha" dovonida harakat vaqtincha cheklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    "Taxtaqoracha" dovonida harakat vaqtincha cheklandi

    Bunga yo‘lning muzlagani va havoning keskin sovishi sabab bo‘lgan.

    'Bugun respublika bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:13

    Bugun respublika bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

    17 yanvar kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.