AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.

Vazirlikning taʼkidlashicha, aksariyat fojiali holatlar mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi sabab boʻlgan.

'Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.'ning rasmi

O‘zbekistonda qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va ular oqibatidagi o‘lim holatlari keskin oshdi. Bu haqda Qashshoqlikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

2024 yilda sohaga oid 204 ta baxtsiz hodisa qayd etilib, 71 nafar ishchi vafot etgan.

2025 yilda esa holat yanada og‘irlashgan. O‘tgan yil davomida qurilish sohasida 234 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan bo‘lib, ular oqibatida 99 nafar ishchi hayotdan ko‘z yumgan. Shu tariqa, mehnat jarayonida eng ko‘p o‘lim holatlari aynan qurilish sohasida qayd etilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, aksariyat fojiali holatlar mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi, ishchilarning shaxsiy himoya vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi hamda nazorat mexanizmlarining sustligi bilan bog‘liq.

Mutasaddilar mehnat xavfsizligi masalasiga loqayd qarash inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishini qayd etib, bu talablar faqat hisobot uchun emas, balki real hayotni asrash uchun zarurligini eslatmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:44

    2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган

    MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondan tashqarida yashirilgan 86 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.

    'Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi

    Bugun Abu-Dabida nufuzli Zayed Award for Human Fraternity xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:03

    Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor

    AQSh Prezidenti Donald Trump O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish taklifi bilan murojaat qildi.

    'Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”

    AQSh prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziriga yo‘llagan maqtubida Nobel tinchlik mukofotini olmagani sabab o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirganini aytdi hamda Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi.

    'Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:03

    Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi

    Chilining janubiy hududlarida davom etayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 ming nafar aholi evakuatsiya qilindi.

    '"Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 19:52

    "Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?

    Россияда "рус дунёси" мафкурасининг асосий назариячилари қаторида тилга олинадиган Александр Дугин яна собиқ СССР ҳудудида ташкил топган давлатлар суверенитетини очиқ инкор этувчи баёнот билан чиқди.