AsosiyJamiyat

Toshkentda koʻp qavatli uylarning eshigini ochmoqchi boʻlgan erkak qamaldi

Yunusobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, erkak 10 sutkaga qamaldi.

'Toshkentda koʻp qavatli uylarning eshigini ochmoqchi boʻlgan erkak qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 19 yanvar kuniga o‘tar kechasi Toshkentda ko‘p qavatli uylarning biriga erkak noqonuniy kirmoqchi bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan ushbu shaxs qo‘lga olinib unga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida huquqbuzar I.T.ga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Surishtiruv organi tomonidan, fuqaro I.T. 2026 yilning 19 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani 11-mavze 37-uy yo‘lagiga kirib, uyning 28 va 33-xonadonlari kirish eshigini bir necha marta kuch ishlatgan holatda ochishga urinib, u yerda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzgan.

Shuningdek, sudlanuvchi jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolarning osoyishtaligini buzganligi aniqlandi, holat yuzasidan unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.T. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:27

    'Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:56

    Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

    Mansabdor bu pul evaziga 5 gektar yerni tadbirkorga uy-joy qurish uchun toifasini o‘zgartirib berishi kerak edi.

    'Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:12

    Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi

    24 yanvar kungi ob-havo prognozi e'lon qilindi.

    'Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 17:25

    Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi

    Reytingda O‘zbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 16:03

    'DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 15:28

    DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi

    Respublikaning 6 hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik va psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan tortib, xonadonida qimorxona tashkil qilgan “biznesmen” ham qo‘lga olindi.