AsosiyJamiyat

Toshkentda OOK prezidenti saylandi

Hozir poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayk Javvon bin Hamad Ol Sony Osiyo Olimpiya kengashi raisi etib saylandi.

'Toshkentda OOK prezidenti saylandi'ning rasmi

46-Bosh Assambleya ishida qatnashayotgan Osiyo Olimpiya kengashi hududiy vitse-prezidentlari Timoti Fok, Norza Zakariya, Jigyel Wangchuk, Otabek Umarov va Tani Abdulrahmon sport turlarini rivojlantirish va mintaqaviy musobaqalarni o‘tkazish masalalariga e‘tibor qaratdi.

Shuningdek, ular sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, qo‘shma mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda sportdagi global masalalarni birgalikda hal qilishga alohida e‘tibor berdilar.

    Boshqa yangiliklar