Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda 86 199 nafar xorijiy fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Ularning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xususan, Tojikistondan 59 145 nafar, Qirg‘izistondan 15 631 nafar, Qozog‘istondan 8 224 nafar fuqaro mamlakatta tibbiy xizmatlardan foydalangan. Shuningdek, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya, AQSh, Xitoy va Ozarbayjon fuqarolari ham O‘zbekistonda davolangan.
Ma’lumotlar mamlakatta tibbiy xizmatlar sifatining oshishi va tibbiy turizm rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.






