AsosiyDunyo

Rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari "o‘z o‘rnini bilishi" kerakligini aytdi

Rossiyaning “Rossiya 1” telekanalida efirga uzatilgan dasturda ishtirok etgan siyosatshunos Sergey Mixeyev Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari tashqi siyosatini tanqid qilib, Moskva ularni “erkalatib yuborganini” bildirdi.

'Rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari "o‘z o‘rnini bilishi" kerakligini aytdi'ning rasmi

"Vladimir Solovyov bilan kecha" ko‘rsatuvida so‘zga chiqqan Mixeyev Rossiya mintaqa davlatlarini uzoq yillar qo‘llab-quvvatlab kelgani, biroq bu holat ularning "haddan oshishiga" olib kelganini ta'kidladi. Uning aytishicha, postsovet mamlakatlari bo‘yicha siyosat qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

U Rossiya mehnat migratsiyasi, moliyaviy yordam va boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab muammolarni hal qilib berayotganini, biroq baribir "qarzdor" sifatida ko‘rilayotganidan norozi bo‘ldi. Mixeyev bu holatni Ukrainadagi voqealar bilan qiyoslab, shunga o‘xshash xatolar takrorlanmasligi kerakligini bildirdi.

Ko‘rsatuv boshlovchisi Vladimir Solovyov ham usbu fikrlarni qo‘llab-quvvatlab, Moskva mintaqa davlatlarini "erkalatib yuborgani"ni aytdi va ularning "o‘z o‘rnini bilishi" zarurligini ta'kidladi.

Avvalroq Solovyov Markaziy Osiyoni Rossiyaning strategik hududi sifatida atab, Moskva "milliy xavfsizlikni ta'minlash" uchun usbu mintaqada ham Ukrainadagiga o‘xshash "maxsus harbiy operatsiya" o‘tkazishi mumkinligi haqida bayonot bergandi.

    Boshqa yangiliklar